5 KUNLIK TUR
«O‘zbekistonning ikki marvaridi»
“O‘zbekistonning ikki marvaridi” ga sayohat O‘zbekistonning ikki eng go‘zal shahri bilan shoshilmasdan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Samarqandda sizga avvaliga Amir Temur imperiyasining asosiy sirlari ochsa, so’ngida Registon oqshomining go‘zalligiga maftun qiladi, o‘zbek bozorlarining jozibasidan, rang-barang qo‘lda bo‘yalgan taomlar va, albatta, uning nozik jihatlarini o‘rganishga, ming yildan ortiq bo'lgan afsonaviy Samarqand qog'ozining ishlab chiqarilishiga guvoh bo’lasiz. Ushbu ranglar uyg’unligidan so'ng sizni go'zal Buxoro o'zining qadimiy tor ko'chalari, 13-asrning yopiq savdo maydonchalari, bir necha davrlarning mukammal saqlanib qolgan me'moriy yodgorliklari, sirli qal'alar va ko'cha tomoshalari bilan qarshilab oladi. Bularning barchasi birgalikda sharqona ertakning ta'rifga ojiz muhitini yaratadi.
To’lov o’z ichiga oladi:
- Aeroportda kutib olish/kuzatish;
- Butun marshrut bo'ylab transfer;
- 3-4* (ikki kishilik xona), 5* so‘rov bo‘yicha mehmonxonalarga joylashuv;
- Nonushta;
- Ekskursiya dasturiga muvofiq gid bilan ekskursiyalar;
- Konditsionerga ega qulay transport;
- Har kun uchun mineral suv (odam boshiga 1 litr);
- Kompani nomidan yoqimli sovg'alar;
To’lov ichiga kirmaydi:
- Xalqaro avia qatnovi;
- Yodgorlik va muzeylarga kirish to‘lovlari;
- Tushlik va kechki ovqatlar
- Tibbiy sug'urta;
Qo'shimcha to'lovlar:
- Kelish yoki jo'nab ketish vaqtida mehmonxonada qo'shimcha kun so’rovida;
- Bir kishilik xona uchun qo'shimcha to'lov;
- Individual transfer uchun qo'shimcha to'lov;
- Yo'nalish bo'ylab transport hizmati: biznes-klass yoki VIP uchun qo'shimcha to'lov;
- Qo’shimcha ekskursiyalar
Bir kishi uchun to’lov narxi: 420$ dan (ikki kishilik xonada)