6 kunlik tur
«O‘zbekiston bo‘ylab gastronomik sayohat»
O‘zbekiston qadimdan o‘zining boy madaniyati, urf-odat va an’analari, afsona va ertaklari bilan mashhur. Afsonaviy sarkarda Amir Temur, buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek, eng iste’dodli tabib Ibn Sinoni butun dunyo biladi. O‘zbekiston tarixi haqida soatlab gapirish mumkin va bu uning butun boy tarixini tasvirlash uchun yetarli bo‘lmaydi. Ammo bizning mintaqamiz nafaqat ma'naviy balki o'zbek oshxonasi dunyodagi eng xilma-xil va mazali taomlari bilan mashhur. Ajoyib xilma-xil taomlar har qanday gurmanni befarq qoldirmaydi. Birgina palovning yuzdan ortiq turlari mavjud! Biz eng qadimiy shaharlarimiz bo‘ylab maxsus gastronomik sayohatni taklif etamiz, bu sizni nafaqat mamlakatimiz tarixi bilan balki oshxonamizning rang-barangligidan bahramand bo‘lishingizga imkon beradi. Siz Toshkent, Samarqand, Buxoro palovini tatib ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Gastro-turning diqqatga sazovor joyi - turli milliy taomlarni tayyorlash bo'yicha mahorat darslariga ega ekanligi bilan ajralib turadi. O‘zbekistonning suzma, qurt, qatiq, qaymoq kabi an’anaviy achitilgan sut mahsulotlari bilan tanishish juda yoqimli. Vino ishqibozlari ham chetda qolmaydilar: biz mahalliy uzum navlaridan o'zbek vinolarini tatib ko'rish imkoniyatini taklif qilamiz.
To’lov o’z ichiga oladi:
- Aeroportda kutib olish/kuzatish;
- Butun marshrut bo'ylab transfer;
- 3-4* (ikki kishilik xona), 5* so‘rov bo‘yicha;
- Ovqatlanish: to'liq pansion;
- Ekskursiya dasturiga muvofiq gid bilan guruhli ekskursiyalar;
- Konditsionerli qulay transport;
- Samarqand-Buxoro yo'l chiptalari;
- Samarqandda vino degustatsiyasi;
- Buxoroda choy va shirinliklarni tatib ko'rish;
- Dasturda ko'rsatilgan mahorat darslari;
- Kompaniyadan yoqimli sovg'alar;
To’lov ichiga kirmaydi:
- Xalqaro avia qatnovi;
- Yodgorlik va muzeylarga kirish to‘lovlari;
- Tushlik va kechki ovqatlar
- Tibbiy sug'urta;
Qo'shimcha to'lovlar:
- Kelish yoki jo'nab ketish vaqtida mehmonxonada qo'shimcha kun so’rovida;
- Bir kishilik xona uchun qo'shimcha to'lov;
- Individual transfer uchun qo'shimcha to'lov;
- Yo'nalish bo'ylab transport hizmati: biznes-klass yoki VIP uchun qo'shimcha to'lov;
- Qo’shimcha ekskursiyalar
Bir kishi uchun to’lov narxi: 895$ dan (ikki kishilik xonada)