Viza bo’yicha qo’llab-quvvatlash

Viza nima uchun kerak? Viza o’zi nima? Qaysi davlatlarga vizalar kerak? Birinchi marta sayohat qilmoqchi bo‘lgan har bir kishida paydo bo‘ladigan qonuniy savollar.

Viza. Bu nima o‘zi?

Viza - chegaralarni kesib o‘tish huquqini beruvchi maxsus hujjat. Ya’ni bu chet el fuqarosi uchun boshqa mamlakat hududiga kirish (kamdan-kam hollarda - chiqish) uchun ruxsatnomadir.

Viza turlari

Vizalar stikerlar, shtamplar, muhrlar, yorliqlar, markalar ko‘rinishida bo‘ladi va fuqaroning pasportiga ilova qilinadi.

Vizani kim beradi?

Ushbu ruxsat beruvchi hujjatlarni elchixona yoki konsullik, shuningdek, viza markazlari beradi. Siz ancha murakkab jarayonga rioya qilishingiz kerak (qog‘ozlar to’plamini yig’ish, moliyaviy ahvolingizni isbotlash, suhbatdan o‘tish va h.k.). Shuning uchun har qanday vizani rasmiylashtirishni professionallarga ishonib topshirgan ma’qul. Bu biroz qimmatroq bo‘lsa-da, tezroq va ishonchliroq bo‘ladi.

Oddiy, xizmat va diplomatik vizalar mavjud. Shuningdek, ular bir martalik, ikki martalik yoki ko‘p martalik (multiviza) bo‘lishi mumkin.
Viza berish uchun boj (konsullik yig‘imi) undiriladi. Miqdor xalqaro va ichki qonunlar bilan belgilanadi.

SHENGEN ZONASI MAMLAKATLARI:

Shengen vizasini olgach, yevropa ittifoqining barcha davlatlariga bemalol tashrif buyurishingiz mumkin. Ikkita asosiy qoida mavjud: vizani dastlab kelgan joydan olish yoki eng uzoq vaqt turgan joydan olish kerak;

MAMLAKATDA BO‘LISH UCHUN RUXSATNOMA (VIZA) TALAB QILADIGAN DAVLATLAR:

viza sayohat joyingizga qarab turlicha rasmiylashtiriladi (yoki siz uni osongina olasiz, yoki sizni katta hujjatlar to‘plamini yig‘ishga, shaxsan suhbatdan o‘tishga majbur qilishadi va hokazo).

AEROPORTDA VIZA BERUVCHI MAMLAKATLAR:

viza yig‘imini to‘lash kerak, ba’zida taklifnoma, mehmonxonani bron qilish va boshqalar shaklida tasdiqlash kerak.

Vizaga ehtiyoj bo‘lmasa-da, chet davlatda bo‘lish muddati cheklangan.

Mamlakatlar ro‘yxati doimiy emas (siyosiy maydondagi o‘zgarishlar tufayli), shuning uchun uni rasmiy saytlarda aniqlashtirgan ma’qul.

TURGA BUYURTMA BERISH